Italiya chempionati yetakchilari o‘yinga noodatiy futbolkalarda chiqishdi
![Italiya chempionati yetakchilari o‘yinga noodatiy futbolkalarda chiqishdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/0/720_460_95_1000254132.jpeg)
Italiya A seriyasi turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan «Napoli» jamoasi 7-noyabr kuni «Verona»ga qarshi o‘yinni noodatiy futbolkalarda o‘tkazdi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/43/720__vxlIlYCkmLyezV_S3D-PWXwMaIgdAr0j.jpg)
Neapolliklar futbolkalariga jamoaning afsonaviy forvardi Diyego Maradonaning tasviri tushirilgandi. Jamoa 2020-yilning 25-noyabrida olamdan o‘tgan buyuk futbolchining xotirasiga shu tarzda ehtiromini izhor etdi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/43/720__oQteLY56JQG6Gkx10npou5s2VU_65Jmv.jpg)
«Napoli» maxsus futbolkalar (Maradona Game)da Italiya chempionatidagi yana ikki o‘yinni o‘tkazishi haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi. «Napoli»ning «Verona»ga qarshi birinchi o‘yini durang bilan tugadi — 1:1.
Ma’lumot uchun: Diyego Maradona «Napoli» bilan birgalikda ikki marotaba A seriya chempioni bo‘lib, mamlakat kubogi va superkubogini hamda UYeFA kubogini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter