Isroil Madrimovning jangida kam kuzatiladigan holat ro‘y berdi
Toshkentda bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomining markaziy jangida boksda kam uchraydigan hodisa sodir bo‘ldi.
Isroil (7-0, 5KO) o‘z vazn toifasida reytingda birinchi pog‘onada turgan kuchli bokschi, Mishel Soroga (35-2-1, 24KO) qarshi munosib jang o‘tkazdi. Bu jang g‘olibi chempionga qarshi asosiy da’vogar maqomini olishi ma’lum edi.
Madrimovning ustunligida o‘tgan jangning 9-raundi oxirlarida o‘zbek bokschisi Mishel Soroga kuchli zarba yo‘lladi. Raqibi muvozanatini yo‘qotganini sezgan hamyurtimiz zarbalar yomg‘irini amalga oshirdi. Muxlislar shovqini ostida hakam raund yakunlanganini bildiruvchi bongni eshitmay qoldi va bokschimiz jangni oxiriga yetkazib qo‘ydi. Mishel Soro texnik nokautga uchradi.
Jang to‘xtatilgach fransiyalik bokschining murabbiylari e’tiroz bildirishdi, ammo jang davom ettirilmadi.
Shu tarzda Isroil Madrimov 8-jangini ham g‘alaba bilan yakunladi. Uning keyingi jangi chempionga qarshi kechishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter