Isroil Madrimovda ham oltin! O‘zbekiston 5-o‘rinda
Bugun, 1-sentabr kuni Osiyo o‘yinlarining 14-kunida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha final o‘yinlari yakuniga yetdi.
Oxirgi finalda Isroil Madrimov -75 kg. vazn toifasida qozog‘istonlik raqibi Abilxan Amankulga qarshi ringga chiqdi. Deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan jangda isroil ishonchli g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa bokschimiz O‘zbekiston terma jamoasiga navbatdagi oltin medalni olib keldi. Tabriklaymiz!
Shu tariqa bugun finalda ringga chiqqan 7 bokschimizdan 5 nafari oltin, 2 nafari kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Umumjamoa hisobida ham O‘zbekiston Eronni ortda qoldirib, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hozircha hisobda 20 ta oltin, 23 ta kumush va 25 ta bronza bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter