Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov chempionga qarshi chiqadi

Isroil Madrimov chempionga qarshi chiqadi

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) majburiy da’vogar hisoblangan Isroil Madrimov (7-0, 5KO) va ushbu vaznda WVA Gold chempioni Mishel Soro (35-2-1, 24KO) jangini eliminator bahsi sifatida tashkil etish uchun tashkilot tomonidan ochiq promouterlik auksioni e’lon qilindi.

Promouterlik savdori 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bahsni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritish uchun promouterlik kompaniyasi kamida 110 ming dollar (50 foiz chempionga, 50 foiz da’vogarga) miqdorda to‘lov taklif qilishi kerak.

Ushbu vazn toifasida WBA Regular chempionlik kamari vakant qoldirilgan edi. Ammo Isroil Madrimov va Mishel Soro jangi bu kamar uchun bo‘lishi haqida xabar berilmadi. Katta ehtimol bilan mazkur jang g‘olibi WBA Super chempionlik kamari egasi Jermell Charloga majburiy da’vogarga aylanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring