Ispaniya – Millatlar ligasi chempioni bo‘ldi!
Ispaniya terma jamoasi Yevropa Millatlar ligasi finalida Xorvatiyani penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida jamoalar xavfli vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. Ayniqsa, ispanlarda bir nechta qulay vaziyat yuzaga kelgandi, biroq ularga omad kulib boqmadi.
Penaltilar seriyasida esa xorvatlardan omad yuz o‘girdi, Unai Simon «lotereya»da ikki bor xorvatlar zarbasini qaytarib, uchrashuv qahramoni bo‘ldi.
Shu tariqa Ispaniya Millatlar ligasi g‘olibiga aylandi.
Xorvatiya – Ispaniya 0:0 (penaltilar seriyasi - 4:5)
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich (Stanishich, 112), Erlich, Shutalo, Perishich, Modrich, Kovachich, Brozovich, Pashalich (Petkovich, 61), Ivanushets (Vlashich, 78), Kramarich (Mayer, 90).
Ispaniya – Unai Simon, Navas (Karvaxal, 97), Laport, Le Norman (Nacho, 78), Alba, Fabian Ruis (Merino, 78), Rodri, Pino (Fati, 66), Gavi (Olmo, 87), Asensio, Morata (Xoselu, 66).
Ogohlantirishlar: Gavi (81), Petkovich (90), Nacho (96), Rodri (97).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter