Ispan klubi o‘zbekistonlik futbolchiga 4 yillik shartnoma taklif qildi
O‘zbekiston terma jamoasi va «Nasaf» klubi yarim himoyachisi Azizjon G‘aniyev Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin.
«Shampionat.asia» saytida yozilishicha, unga «Tenerife» klubi 4 yillik shartnoma taklif qilgan. Ammo ispanlar G‘aniyevni erkin agent sifatida yoki juda kam pul evaziga o‘z saflarida ko‘rishmoqchi. Agar futbolchi rozi bo‘lsa hech qanday ko‘riksiz 4 yillik shartnoma tuzish taklif etilgan.
«Nasaf» esa ayni paytda moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va o‘z yetakchisini 1 million dollardan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
1912-yilda tashkil topgan «Tenerife» klubi ayni paytda Ispaniya Segundasida (La ligadan keyingi liga) ishtirok etmoqda. Jamoani mashhur sobiq futbolchi Xoseba Echeberria boshqarib bormoqda. So‘nggi bor klub 2010-yilda La ligada ishtirok etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter