Ismoilov asosiy jangda Yemelyanenkoni texnik nokautga uchratdi
«ASA 107» (aralash jang) turnirining asosiy jangida Magomed Ismoilov texnik nokaut hisobiga Aleksandr Yemelyanenkoni mag‘lub etdi. Jang Sochida 24-iyul kuni o‘tkazildi.
Jangning uchinchi raundidayoq hakam bellashuvni to‘xtatdi. Butun jang davomida tashabbus Ismoilov tarafida bo‘ldi — Yemelyanenko unga qarshi biron chora qo‘llay olmadi. Uchinchi raundda Yemelyanenkoning ahvoli yomonlashdi — yuzida katta gematoma hosil bo‘lib, ko‘zlari qondan ochilmay qoldi. Jangni to‘xtatgan hakam Ismoilovning g‘alabasini e’lon qildi.
Og‘ir vazndagi ushbu jang Moskvada 3-aprelda o‘tkazilishi lozim edi, biroq koronavirus sababli qoldirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter