Inglizcha «qotillik». «Chelsi» Yevropa ligasi finalida «Arsenal»ni yengdi (video)
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa ligasi finali yakuniga yetdi. Unda «Chelsi» klubi «Arsenal»ga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.
E’tiborli tomoni, uchrashuvdagi beshta golning barchasi ikkinchi bo‘limda kiritildi. Birinchi bo‘limda darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi. Ammo ikkinchi bo‘limda aynan «Arsenal»dan «Chelsi»ga o‘tgan Olive Jiru katta sahnaga chiqdi. Uchrashuvning 49-daqiqasida aynan u hisobni ochdi.
Shundan so‘ng Pedro o‘yindan, Azar esa penaltidan gol kiritib, intrigani yakunlab berishdi. Garchi Ivobi bitta javob goli kiritgan bo‘lsa ham, o‘yinga yakuniy nuqtani baribir Eden Azar qo‘ydi – 4:1.
Yevropa Ligasi. Final
Boku
«Chelsi» – «Arsenal» 4:1 (0:0, 4:1)
Gollar: 1:0 - 49 Jiru, 2:0 - 60 Pedro, 3:0 - 65, penalti Azar, 3:1 - 69 Ivobi, 4:1 - 72 Azar.
«Chelsi» – Arrisabalaga, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 76), Jorjino, Pedro (Villian, 71), Kante, Azar (Dzapakosta, 89), Jiru.
«Arsenal» – Chex, Koselni, Monreal (Genduzi, 66), Kolashinats, Papastatopulos, Torreyra (Ivobi, 67), Meytlend-Naylz, Jaka, O‘zil (Uillok, 77), Obameyang, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Pedro (56), Kristensen (68).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter