Ikki bokschimiz qozog‘istonlik raqiblarini yengib, kamar sohibi bo‘lishdi

Poytaxtimizdagi «Humo arena» majmuasida o‘tkazilgan professional boks oqshomida ikki nafar bokschimiz kamar sohiblari bo‘lishdi.
Kechaning markaziy jangida Mujibillo Tursunov qozog‘istonlik Dilshat Nurimga qarshi ringga ko‘tarildi va ishonchli g‘alaba bilan «WBC Central Asia» mintaqaviy kamarini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, eng yengil vazn toifasida (56,2 kg) «WBA Asia South» kamari uchun kechgan jangda hamyurtimiz Miraziz Mirzaxalilov qozog‘istonlik Nurslan Sabirovni 4-raundda ringga qulatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter