IBA Olimpiadadan mahrum etildi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 22 iyunda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA)ni tan olishdan bosh tortdi.
IBA 2024 yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada boks musobaqalarini o‘tkazish huquqidan mahrum etildi. Parij-2024 da boks musobaqasi XOQ tomonidan tashkillashtiriladi.
«Boks va bokschilar bilan hech qanday muammomiz yo‘q. Agar muammo bo‘lganida, Tokio va Parijdagi musobaqalar o‘tkazilmagan bo‘lardi. Biz boksni juda qadrlaymiz, ammo, afsuski, bizda IBA rahbariyati tufayli juda jiddiy muammolar mavjud. Biz boksni juda qadrlaganimiz sababli, bokschilar xalqaro federatsiya tomonidan adolatli va shaffof boshqaruvga loyiq deb hisoblaymiz», dedi XOQ rahbari Tomas Bax.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter