Hojiakbar Olimov oltin va kumushga ega chiqdi
Yosh og‘ir atletikachimiz Hojiakbar Olimov poytaxtimizda o‘tayotgan Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi.
-89 kg vazn toifasida ishtirok etgan Olimov dast ko‘tarish mashqida 145 kg bilan kumush, siltab ko‘tarishda esa 192 kg bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ikki kurash hisobida 337 kg qayd etgan polvonimiz shohsupaning ikkinchi pog’onasiga ko‘tarildi.
U-20, -89 kg:
Alirizo Moeni (Eron) - 357 (166+191) kg
Hojiakbar Olimov (O‘zbekiston) - 337 (145+192) kg
Ali Keshtkar (Eron) - 327 (141+186) kg
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter