Hasanboy va Elnur muddatidan avval, Bektemir ochkolar hisobida g‘alaba qozondi

Toshkentda ayni daqiqalarda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.
Iqboljon Xoldorovning nokautli g‘alabasidan keyin yana bir nechta jang bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, hamyurtimiz Elnur Abduraimov (8-0, 7KO) filippinlik Jon Gemino (22-13-2, 12KO)ga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini muddatidan avval nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Bu Elnurning prof ringdagi sakkizinchi g‘alabasi bo‘ldi.
Navbatdagi jangda Bektemir Meliqo‘ziyev (8-1, 6KO) rossiyalik Sergey Yekimov (18-4, 9KO)ga qarshi ringga ko‘tarildi va to‘liq davom etgan to‘qnashuvda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Hasanboy Do‘smatov (4-0, 4KO) va Xose Rivas (18-13-4, 10KO) ishtirokidagi jang ham muddatidan oldin tugadi. Unda Hasanboy texnik nokaut bilan ustun keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter