Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hasanboy va Elnur muddatidan avval, Bektemir ochkolar hisobida g‘alaba qozondi

Hasanboy va Elnur muddatidan avval, Bektemir ochkolar hisobida g‘alaba qozondi

Foto: Olamsport

Toshkentda ayni daqiqalarda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.

Iqboljon Xoldorovning nokautli g‘alabasidan keyin yana bir nechta jang bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, hamyurtimiz Elnur Abduraimov (8-0, 7KO) filippinlik Jon Gemino (22-13-2, 12KO)ga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini muddatidan avval nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Bu Elnurning prof ringdagi sakkizinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Navbatdagi jangda  Bektemir Meliqo‘ziyev (8-1, 6KO) rossiyalik Sergey Yekimov (18-4, 9KO)ga qarshi ringga ko‘tarildi va to‘liq davom etgan to‘qnashuvda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Hasanboy Do‘smatov (4-0, 4KO)  va Xose Rivas (18-13-4, 10KO) ishtirokidagi jang ham muddatidan oldin tugadi. Unda Hasanboy texnik nokaut bilan ustun keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring