Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hasanboy Do‘smatov rossiyalik bokschi bilan jang qiladi

Hasanboy Do‘smatov rossiyalik bokschi bilan jang qiladi

Joriy yilning 24-dekabr kuni boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov Moskva shahrida professional ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi.

Unga mezbon sportchi Pavel Gunchenko raqiblik qiladi. Jang super yengil vazn toifasida (-52,1 kg) bo‘lib o‘tadi.

H.Do‘smatov professional boksda 2019-yil 16-noyabr kuni debyut jangini o‘tkazib, meksikalik Xesus Servantesni 2-raunddayoq nokautga uchratib g‘alaba qozongandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring