Germaniya U-17 terma jamoasi jahon chempioni bo‘ldi
Indoneziyada o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Finalda Germaniya o‘smirlar va Fransiya U-17 terma jamoasi o‘rtasida kechgan o‘yinning asosiy vaqtida jangovar durang qayd etildi. «Lotereya»da esa omad nemislarga kulib boqdi va ular bu toifada ilk bor jahon chempioniga aylanishdi.
Eslatib o‘tamiz, 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Mali Argentinani yirik hisobda yenggan (3:0). O‘zbekiston U17 esa chorakfinalgacha yetib kelib, Fransiyaga mag‘lub bo‘lgandi (0:1).
U17 JCh. Final
Germaniya U-17 — Fransiya U-17 2:2
Gollar: Branner (29), Darvix (51) — Buabre (53), Amugu (85).
Penaltilar seriyasi — 4:3.
2 dekabr. Surakarta. «Manahan»
Germaniya U-17 – Heyde, Odogu, Yelch, Hennig (Hervet, 88), Darvix (Kabar, 73), Yalchinkaya (Ramsak, 67), Harchui, Osave, Moreyra, Branner, Morstedt.
Fransiya U-17 – Cangui, Argni, Titi, Mepiyu, Sanda, Sadi, Buabre (Diallo, 90+4), Silla, Buneb, Amugu, Gomis, Lamburd (Tinkres, 90).
Ogohlantirishlar: Osave (45+5), Branner (48), Buabre (71), Harchui (90+6), Kabar (90+9).
Chetlatish: Osave (69).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter