Germaniya 9-maydan futbol musobaqalarini davom ettirmoqchi
Karantin choralari yumshatilgan Germaniyada may oyidan futbol mavsumi davom ettirilishi mumkin. «Bild» nashri xabariga ko‘ra, o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.
«Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishimiz shart. Hozirgi sharoitda tomoshabinlarni stadionga to‘plash — nodonlik. Bo‘sh tribunalardagi o‘yinlarni 9-maydan boshlashimiz mumkin», — dedi nashrga bergan intervyusida Bavariya bosh vaziri Markus Zeder.
Eslatib o‘tamiz, Germaniyadagi futbol musobaqalari, xususan, Bundesliga o‘yinlari COVID-19 pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgandi. UYeFA zonasidagi barcha milliy chempionatlar, Belarusni istisno qilganda, to‘xtatilgan.
Ayni paytga kelib, Bundesliga turnir jadvalida 55 ochko bilan «Bavariya» yetakchi bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter