Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

23-25 oktyabr kunlari Eronning Urmiya shahrida futzal bo‘yicha 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bahslari bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga kura, «A» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, har uchchala uchrashuvda g‘alaba qozonib, guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va qit’achempionatiga yo‘llanmani naqd qildi.
Vakillarimiz dastlabki uchrashuvda Afg‘oniston terma jamoasini 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, ikkinchi turda esa Nepal darvozasiga 4 to‘p kiritgan holda o‘z darvozasidan 1ta gol o‘tkazib yubordi.
So‘nggi turda qo‘shni Tojikiston terma jamoasi bilan kechgan ancha qiziqarli bahsda hamyurtlarimiz 9:3 hisobida ishonchli g‘alabani nishonladilar. Shu tariqa futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter