Futzal. O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoasiga qattiq qarshilik ko‘rsatdi
Bugun Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston futzal termasi Osiyoning eng kuchli jamoasi — Eronga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan bahsning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida 3:3 hisobi qayd etildi.
Afsuski, penaltilar seriyasida omad hamyurtlarimizdan yuz o‘girdi. Penaltilar seriyasi 4:5 hisobida Eron foydasiga hal bo‘ldi.
Avvalroq, Osiyo kubogida O‘zbekiston Saudiya Arabistonini yenggandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter