Futzal. Osiyo chempionati. O‘zbekiston bronza medalini qay tarzda qo‘lga kiritdi (video)
11.02.2018 15:30
0
373
Foto: «The-afc.com»
Bugun futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining 3-o‘rin uchun o‘tkazilgan bahsida O‘zbekiston terma jamoasi Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Dramatik kechgan o‘yinning asosiy daqiqasida 4:4 hisobi qayd etildi. O‘yindagi hisobni vakillarimiz ochishdi. Lekin shundan so‘ng raqiblar ketma-ket uch bor futzalchilarimiz darvozasini ishg‘ol qilishdi. Ikkinchi bo‘imning ilk yarmida Artur Yunusov va Ilhom Hamroyevlar gol kiritib muvozanatni tiklashga erishdi.
35-daqiqada Iroq termasi to‘rtinchi golini urdi va uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Artur Yunusov jamoamizni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Shundan so‘ng qo‘shimcha bo‘limlar o‘ynalmasdan birdaniga penaltilar seriyasi tashkil qilindi. O‘zbekiston terma jamoasining zaxira darvozaboni Akmal Hazratqulov penaltilar seriyasida ikki bor raqib zarbasini bartaraf etdi. Shu tariqa O‘zbekiston qit’a chempionatiing bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Quyida ushbu o‘yinning eng yorqin lahzalarini e’tiboringizga havola etamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter