Futbolni rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori e’lon qilindi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘FA saytida berilgan.
Unga ko‘ra, «Bunyodkor» stadionining butun majmuasi va inshootlari futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish va sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi hisoblanadi.
Joylarda yosh iqtidorli va salohiyatli futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) va ularni professional tarzda tayyorlash hamda milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshida Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tashkil etiladi.
Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi O‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi, Yoshlar ittifoqi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ikki oy muddat ichida davlat-xususiy sektor hamkorligida mahallalarda futbol maydonlari qurishga mo‘ljallangan «Har bir mahallada futbol maydoni» Dasturi ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter