Habib Nurmagomedovning futbolkasi $60 mingga sotildi
Amerikalik jangchi Dastin Pore o‘zining so‘nggi jangida kiygan kiyimlari, shuningdek, «Ultimate Fighting Championship»ning amaldagi chempioni Habib Nurmagomedovga tegishli futbolkani «Ebay» elektron savdo maydoniga sotuvga qo‘ydi. U Habibning futbolkasini UFC 242dagi jangdan so‘ng olgandi.
Dastin Pore boshlang‘ich narxni 5 ming dollar etib belgilagandi, ammo u yakunda 60 200 AQSh dollariga sotildi. Elektron auksionda hammasi bo‘lib 125 bor pul tikildi. Bu haqda All Boxing xabar berdi.
Pore har bir jangidan keyin shunday to‘plamlarni sotadi va tushgan mablag‘ni xayriya uchun sarflaydi.
Avvalroq, Nurmagomedov ham Poredan olgan futbolkani sotib, sportchining xayriya jamg‘armasiga 100 ming AQSh dollari o‘tkazib bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter