Futbolda ofsayd qoidasi o‘zgaradi: Venger tafsilotlarni ochiqladi
FIFAning taraqqiyot bo‘limi rahbari, mashhur murabbiy Arsen Vengerning aytishicha, futboldagi o‘yindan tashqari holat bo‘yicha qoidaga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda «The Sun» yozmoqda.
Ofsayd futbolchilar va hakamlar o‘rtasida doimiy tortishuvlarga sabab bo‘lib kelgan.
«Agarda hujum qilayotgan futbolchining gol urish mumkin bo‘lgan tana a’zolaridan hech bo‘lmaganda bittasi ham himoyachi bilan bir chiziqda joylashgan bo‘lsa — ofsayd hisoblanmaydi, hatto hujumchining boshqa tana a’zolari oldinda bo‘lganda ham. Shu bilan bilan masala hal bo‘ladi, millimetrlar haqida tortishuvlarga chek qo‘yiladi», — dedi Arsen Venger.
Eslatib o‘tamiz, ofsayd bo‘yicha amaldagi qoida XX-asrning 90-yillarida kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter