«Futbol qiroli»ning ahvoli og‘irlashdi
Bugun Braziliya terma jamoasida futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni, «futbol qiroli» Pelening ahvoli yomonlashdi. Bu haqda Globoesporte xabar qildi.
«Onkologik kasallikda salbiy tendensiya kuzatilmoqda, shuning uchun buyrak va yurak faoliyatining buzilishi tufayli u ko‘proq intensiv terapiyani talab qiladi», – deyiladi shifokorlar bayonotida.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 30 noyabr kuni braziliyalik «futbol qiroli» Pele kasalxonaga yotqizilgan edi. Braziliyalikka yurak yetishmovchiligi va chalkashlik tashxisi qo‘yilgan.
Pele Braziliya terma jamoasi bilan uch karra jahon chempioni. U Xalqaro futbol federatsiyasi tomonidan asrning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter