Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati to‘xtatilishi mumkin

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati to‘xtatilishi mumkin

Ispaniyadagi futbol chempionatlari (La Liga va Segunda) o‘yinlari to‘xtatilishi mumkin. Sport to‘g‘risidagi yangi qonun ispan jamoalarining noroziligiga sabab bo‘ldi.

Ispaniya hukumati jamoalarga futbol Superligasida ishtirok etish imkonini beruvchi qonunni qabul qildi. Bu esa aksariyat jamoalarni tashvishga solyapti: kuchli klublar Superligaga ketib qolsa boshqalar katta ziyon ko‘radi. La Liga jamoalari vakillari Ispaniya madaniyat va sport vaziri Migel Iseta bilan uchrashib, arz qilishdi. 27-oktyabr kuni norozilik belgisi sifatida Ispaniya chempionati o‘yinlari o‘tkazilmasligi ehtimoli katta.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda futbol Superligasi tuzilgani e’lon qilinib, unga Ispaniyaning «Barselona», «Real», «Atletiko», Italiyaning «Milan», «Yuventus», «Inter», Angliyaning «Manchester Yunayted», «Tottenhem», «Liverpul», «Manchester Siti», «Chelsi» va «Arsenal» jamoalari kiritilgandi. Biroq futbol muxlislarining noroziligi hamda FIFA va UEFAning tahdidlaridan so‘ng aksariyat klublar ushbu loyihada qatnashishdan bosh tortgandi. Superliga g‘oyasiga faqatgina «Real», «Barselona» va «Yuventus» sodiq qolgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring