Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada ikki tennischi hibsga olindi. Ulardan biri o‘zbekistonlikmi?

Fransiyada ikki tennischi hibsga olindi. Ulardan biri o‘zbekistonlikmi?

Albina Xabibulina

Fransiya politsiyasi kelishilgan o‘yinlarda qatnashganlikda gumon qilingan ikki tennischini qo‘lga olgan. Ular O‘zbekistondan ekani aytilayotgan Albina Xabibulina va qirg‘izistonlik Kseniya Palkinadir.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ham ushbu xabarni tasdiqlagan. Ammo Albina Xabibulina O‘zbekiston fuqarosi emasligi ta’kidlangan.

«Ikki nafar tennischi, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi Fransiyada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingani to‘g‘risida OAVda xabar tarqalishi munosabati bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti Albina Xabibulina 2017 yilning avgust oyidan buyon O‘zbekiston fuqarosi hisoblanmasligini ma’lum qiladi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring