Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada futbol muxlislari o‘rtasida ommaviy janjal chiqdi

Fransiyada futbol muxlislari o‘rtasida ommaviy janjal chiqdi

Fransiya 1-ligasida qolish uchun tashkil etilgan pley-off uchrashuvida «Sent-Eten» jamoasi o‘z maydonida «Oser»ni qabul qilgan va penaltilar hisobiga yutqazib qo‘ygan.

Bunga chidolmagan muxlislar tartibsizliklar chiqarishgan. Janjallar avvaliga stadionda, keyinroq tribunalar ostida va ko‘chada davom etgan. Oqibatda 17 muxlis, 2 nafar politsiyachi jarohat olgan. Shundan 3 muxlis shifoxonaga yotqizilgan.

Aytilishicha, stadiondagi tartibsizliklar ko‘zni yoshlatadigan gaz va suv sepilgach to‘xtatilgan. Ammo 200 ga yaqin fanatlar maydon atrofida janjalni davom ettirishgan. Stadionda 250 nafar politsiyachi va jandarmlar xizmat qilgani aytilgan.

«Sent-Eten» 18 yil deganda ilk marta quyi ligaga tushib ketgan. Asosiy vaqt 1:1 hisobi bilan tugagach, o‘yin penaltilargacha borgan va mezbonlar yutqazgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring