Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya chempionatida ommaviy janjal chiqdi (video)

Fransiya chempionatida ommaviy janjal chiqdi (video)

Fransiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan «Nitssa» va «Marsel» o‘yini oxiriga bormay to‘xtatildi va noma’lum muddatga qoldirildi.

Ikkinchi taym oxirlarida muxlislar plastik buyumlarni stadionga ota boshlagan. Ulardan biri maydon chetidagi Dmitriy Payetga borib tekkan.

Hamma janjal shundan boshlangan. Payet plastik idishni qaytarib muxlislarga otgan. Jahldor fanatlar esa birin-ketin maydonga tushgan.

Ommaviy janjalda «Marsel»ning kamida 3 futbolchisi jarohatlangan. Nitssaliklar hammasi tinchigach, o‘yinni davom ettirishga maydonga tushishgan, ammo marselliklar qayta o‘ynashni istamagan.

O‘yin shu tariqa noma’lum muddatga qoldirilgan, yakuniy xulosa keyinroq ma’lum qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring