Fransiya Avstraliyani mag‘lub etdi (video)

Bir necha daqiqa oldin «Qozon Arena»da jahon chempionatining «S» guruhidan o‘rin olgan Fransiya hamda Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.
Qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechgan uchrashuvda fransuzlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Aytish kerakki, uchrashuvda Antuan Grizmann jahon chempionati tarixida videotakrordan so‘ng belgilangan ilk penaltini golga aylantirgan futbolchi bo‘ldi. Gol 58-daqiqada amalga oshirildi.
Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Yedenak hisobni tenglashtirdi. Fransiyaning g‘alaba goliga esa Pogba mualliflik qildi. Uning zarbasi darvoza to‘siniga tegib, chiziqdan ichkari tomonga tushdi.
Fransiya – Avstraliya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 58, penalti Grizmann, 1:1 – 62, penalti Yedinak, 2:1 – 80 Pogba.
Fransiya – Loris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Tolisso (Matyuidi, 78), Kante, Pogba, Mbappe, Grizmann (Jiru, 70), Dembele (Fekir, 70).
Avstraliya – Rayan, Risdon, Seynsberi, Milligan, Bexich, Lekki, Yedinak, Muy, Kruz (Arzani, 84), Rogich (Irvayn, 72), Nebbaut (Yurich, 64).
Ogohlantirishlar: Lekki (13), Risdon (57), Tolisso (76), Bexich (87).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter