Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Formula 1» Rossiya Gran-prisi uchun shartnomani bekor qildi

«Formula 1» Rossiya Gran-prisi uchun shartnomani bekor qildi

«Formula 1» rahbariyati Rossiya Gran-prisi uchun shartnomani bekor qildi. Bu haqda tashkilot bayonotiga tayanib Reuters xabar berdi.

Ushbu shartnoma 2025 yilgacha tuzilgan bo‘lib, musobaqalar 2014 yildan buyon o‘tkazilib kelingan.

25 fevral kuni «Formula-1» Sochi poygasidagi Gran-prini bekor qilishga qaror qilgan. Tashkilot Rossiyada bo‘lib turgan hozirgi sharoitda musobaqlarni o‘tkazishni lozim deb topmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainadagi harbiy vaziyat ortidan, FIFA va UYeFA o‘zaro kelishib Rossiya futboliga jiddiy sanksiyalar qo‘llagandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring