Florentino Peres: «Zidan biz uchun kutilmagan qarorga keldi»
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Zidanning jamoani tark etish haqidagi qaroriga izoh berdi.
«Men Zidanning fidoyiligi, muhabbati va «Real»ga bera olgan barchasi uchun undan minnatdorman. Bu — xayrlashuv emas, biz tez orada qayta ko‘rishamiz. Agar unga tanaffus kerak bo‘lsa, u bunga munosib.
Chempionlar ligasidagi g‘alabadan so‘ng bu qaror biroz kutilmagan bo‘ldi. Ammo biz faqatgina uni qabul qilishimiz va hurmat bilan munosabatda bo‘lishimiz kerak. Zidanni fikridan qaytarishni istardim, ammo uning qanday ekanini yaxshi bilaman», — Peresning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Marca» nashri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter