FIFA o‘zbekistonlik muxlislarga JCh-2018 chiptalarini ajratdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun shu yilning 14-iyunidan 15-iyuliga qadar Rossiyada bo‘ladigan Jahon chempionati uchun chiptalar taqdim etishga qaror qildi.
Endilikda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari yozda bo‘lib o‘tadigan mundial bahslarini bevosita stadionlardan tomosha qilib, jahon futboli yulduzlari ishtirokidagi bahslardan bahra olishlari mumkin bo‘ladi, deyiladi xabarda.
Shuningdek, chiptalar soni cheklangani sabab, faqatgina eng faol futbol muxlislariga taqdim qilinishi aytilgan. Buning uchun Superliga bahslaridan o‘rin olgan uchrashuvlarga tashrif buyurish, sevimli jamoani bevosita stadiondan turib qo‘llab-quvvash va shu tarzda Jahon chempionati o‘yinlari uchun chiptalarni qo‘lga kiritish mumkinligi qayd etilgan.
Eng faol muxlislarga Jahon chempionati chiptalari taqdim qilinishi tartibi haqida O‘FA matbuot xizmati batafsil ma’lumot berishini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter