Feruz Saidov chempionlikni qo‘lga kiritdi! (video)
![Feruz Saidov chempionlikni qo‘lga kiritdi! (video)](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3036460104.jpg)
Para-dzyudochimiz Feruz Saidov delegatsiyamizning muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda. Polvonimiz hozirgina yakunlangan bellashuvda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
-81 kg vazn toifasida bahs olib borgan vakilimiz finalda qozog‘istonlik Temirjan Dauletni ippon bahosi bilan mag‘lub etib, Paralimpiya o‘yinlari chempioniga aylandi.
Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi oltin medallar 4 taga yetmoqda!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter