Yevropa ligasi: «MYu» o‘yindan chiqdi — «Sevilya» finalda!
Yevropa ligasining kechagi ilk yarimfinal o‘yinida «Sevilya» va «Manchester Yunayted» to‘qnashdi.
O‘yinning 9-daqiqasida Brunu Fernandesh penaltidan kiritgan gol inglizlarni oldinga olib chiqdi.
Bunga ispanlar birinchi taymning o‘rtalari va ikkinchi taym oxirlarida Suso hamda Lyuk De Yonglarning gollari bilan javob berishdi: «Sevilya» — «Manchester Yunayted» — 2:1.
«Sevilya» o‘z tarixida oltinchi marotaba turnir finaliga yo‘l oldi. E’tiborli jihati, oldingi beshta finalning barchasida klub kubokni qo‘lga kiritgan.
Fakt
- «Sevilya» 21-asrda yevrokuboklar finaliga eng ko‘p chiqqan jamoaga aylandi — 11 ta final. Andaluziyaliklar beshta YeL finalida ham g‘alaba qozonishgan, Supekubokdagi to‘rtta o‘yinni esa boy berishgan.
- Ikkinchi o‘rinda — «Real Madrid» (10 ta final — beshtasi YeChL finali, beshtasi Supekubok o‘yini).
- Uchinchi o‘rinda — «Liverpul» (9 ta final — to‘rttasi YeChL finali, ikkitasi YeL finali, uchtasi Superkubok o‘yini).
«Sevilya»ning finaldagi raqibi «Inter» — «Shaxtyor» o‘yinida aniqlanadi.
Yevropa ligasi. Pley-off. Yarimfinal
«Sevilya» (Ispaniya) — «Manchester Yunayted» (Angliya) — 2:1
Gollar: Suso (26), De Yong (78) — Fernandesh (9).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter