Yevropa ligasi finali oldidan ishkal chiqdi
Ispaniya politsiyasi bugun Sevilya shahrida Germaniyaning «Ayntraxt» jamoasi 5 muxlisini hibsga olgan. Nemis fanatlari Yevropa ligasi finali oldidan Shotlandiyaning «Reynjers» klubi ishqibozlariga hujum qilgan.
Xabarga ko‘ra, nemis muxlislari shotlandlarga qarata olov otishgan. To‘qnashuvda «Ayntraxt»ning 200 ga yaqin fanati ishtirok etgan. Voqea joyiga politsiyaning qo‘shimcha kuchlari tashlangan va ular nazoratni qo‘lga olish uchun havoga bir necha marta o‘q uzishga majbur bo‘lishgan.
Final o‘yinini tashkil qilish uchun shaharga 5,5 mingdan ortiq politsiya xodimi jalb qilingan. Tartibsizliklar oqibatida 1 nafar shotland muxlisi boshidan jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun tunda Yevropa ligasining final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda «Ayntraxt» va «Reynjers» jamoalari kuch sinashadi. Mazkur o‘yinga doir prevyuni bu yerda o‘qishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter