To‘qqiz nafar hakam superliga va pro-liga o‘yinlaridan chetlatildi
Superliga hamda pro-liga uchrashuvlarini boshqarayotgan bosh hakamlar, ularning yordamchilari jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha test-sinovlari hamda nazariy bilimlar bo‘yicha imtihonlar topshirdi.
Test-sinovlarini O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov va boshqarma mutaxassislari Baxtiyor Namozov hamda Bobur Haydarov oldi.
O‘Fa rasmiy sayti xabariga ko‘ra, sinovlar natijalariga ko‘ra, 25 iyundan 30 iyungacha 40 nafar hakamlar va yordamchilaridan imtihon olinib, 3 ta bosh hakam va 2 ta yordamchi hakam fitnes test topshira olmagan bo‘lsa, 2 nafar yordamchi hakam nazariy imtihondan o‘ta olmadi.
3-4 iyul kunlari imtihon topshirgan 34 inspektordan 10 nafari nazariy imtihondan o‘ta olmadi. 4-6 iyul kunlaridagi imtihonlarda 37 nafar hakam ishtirok etib, 1 nafar bosh hakam fitnes testdan, 4 nafar yordamchi hakam nazariy imtihondan o‘ta olishmadi.
Shu tariqa imtihonlardan o‘ta olmagan jami 9 nafar hakam superliga hamda pro-liga o‘yinlaridan chetlashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter