Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga urush tugasa ham... Rossiya va Belarus uzoq kutadi

Ertaga urush tugasa ham... Rossiya va Belarus uzoq kutadi

Foto: Getty Images

Xalqaro xokkey feleratsiyasi katta sportga qaytish agressor mamlakat uchun uzoq va og‘riqli kechishini ma’lum qildi.

Rossiya va Belarus uzoq yillar ko‘plab xalqaro sport turnirlaridan chetda qoladi. Urushga qadar Rossiya uchun muaffaqiyatli sanalgan xokkey ham shular jumlasidan.

Xalqaro xokkey federatsiyasi kengashi a’zosi va 2023-yilgi jahon chempionati bosh direktori Xeykki Xiyetanenning aytishicha, «qizil mashina» (Rossiya terma jamoasi) hatto urush erta-indin tugagan taqdirda ham musobaqalarga qo‘yilmaydi. Chunki JChda kimlar qatnashishi belgilab bo‘lingan va u yerda Rossiya yo‘q.

«Afsuski, urush hali-veri tugaydiganga o‘xshamaydi. JCh-2023 quyi divizionlari ham to‘lgan, ortiqcha joy yo‘q. Rossiya va Belarus qaytadigan holat qachon yuz beradi, buni vaqt ko‘rsatadi», Xiyetanenning so‘zlarini keltirdi Iltalehti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring