Ertaga ikki nafar professional bokschimiz ringga ko‘tariladi
![Ertaga ikki nafar professional bokschimiz ringga ko‘tariladi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3936720813.jpg)
Ertaga, 29 iyul kuni Filippinda professional bokschilar o‘rtasida boks kechasi o‘tkaziladi. Unda mamlakatimiz sharafini Ulug‘bek Sobirov va Jasur Ahmadjonov (5-0-0) himoya qiladi, deb xabar bermoqda «Sports.uz».
Professional boksda beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan Ulug‘bek Sobirov mezbon bokschi Dennis Paduaga (11-14-2) qarshi ringga ko‘tariladi.
Shuningdek, yana bir bokschimiz Jasur Ahmadjonov esa filippinlik Rodel Vencheslao (12-16-1) bilan raqobatlashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter