Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron o‘z chempionini o‘limga hukm qildi

Eron o‘z chempionini o‘limga hukm qildi

Foto: «Twitter»

Eron sudi boks bo‘yicha milliy chempionat g‘olibi Muhammad Javod Vafoiy-Saniy ustidan hukm chiqardi. Unga nisbatan 2019-yildagi namoyishlarda faol qatnashgani va o‘shanda hukumat binolariga yetkazgan ziyoni uchun o‘lim jazosi qo‘llanildi.

«Championat.com» yozishicha, eronliklar taniqli bokschining hayotini saqlab qolishni hukumatdan so‘rashdi. Ko‘pchilik «Twitter»dagi chorlovlar orqali ham bokschining hayoti kurash olib bordi.

Biroq biron-bir natija chiqmadi.

Javod namoyishlarda qatnashgani uchun og‘ir jazo olgan dastlabki sportchi emas. 2020-yilda kurashchi 27 yoshli Navid Afkariy osib o‘ldirilgandi.

Shuningdek, o‘tgan yili ommaviy mushtlashuv chog‘i odam o‘ldirishda ayblangan 30 yoshli kurashchi Mahdi Ali Husayniy ham qatl etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring