Elnur Abduraimov o‘zining 5-jangida 5-nokautni qayd etdi
Bugun, 18-may kuni professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasi janglarini o‘tkazadigan Elnur Abduraimov o‘zining navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Tanzaniyalik bokschi Issa Nampepechega (29 ta g‘alaba, 10 ta mag‘lubiyat, 6 ta durang, 12 ta nokaut) qarshi ringga chiqqan Elnur yaqqol ustunlikka erishdi.
Dastlab, jangning ikkinchi raundida Issa ilk nokdaunga uchradi, so‘ng 4-raundda u jangni davom ettira olmasligini bildirdi va hakam texnik nokautni qayd etdi. Shu tarzda Elnur o‘zining beshinchi jangida ham (5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter