Yelena Isinbayeva «Nafosat - 2019» festivali g‘oliblarini tabrikladi
Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda fevral-mart oylarida xotin-qizlar o‘rtasida sportning stol tennisi, badminton, voleybol, gandbol, basketbol, velosport turlari bo‘yicha «Nafosat - 2019» sport festivalini o‘tkazdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur fectival ikki bosqichda o‘tkazildi. 1-bosqich (2-fevral – 1-mart) hududlarda o‘tkazilib, g‘olib deb topilgan ishtirokchilar 2-bosqich – Respublika bosqichi (1-2-mart)da bellashdilar.
Joriy yilning 3 mart kuni festivalning umumjamoa hisobida g‘olib deb topilgan jamoalarning taqdirlash marosimi Toshkent shahrining «O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra Toshkent shahar 1-o‘rin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2-o‘rin va Qashqadaryo viloyati 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tadbirning faxriy mehmoni sifatida ishtirok etgan ikki karra Olimpiyada chempioni rossiyalik sportchi Yelena Isinbayeva festival ishtirokchilarini bayram va qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabrikladi.
Yengil atletikaning langarcho‘p bilan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha 2 karra Olimpiada, 3 karra jahon chempioni Yelena Isinbayeva Toshkentga kelgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter