Eldorning «Jenoa»dagi taqdiri hal bo‘lgan – manba
Rossiyalik jurnalist va insayder Nobel Arustamyan telegramdagi sahifasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisining «Jenoa»dagi taqdiri haqida xabar qoldirdi.
– Bu yoz «Jenoa» Eldor Shomurodovni qo‘yib yubormoqchi emas. Klub o‘zbekistonlik futbolchini yana bir mavsum ushlab qolib, uning narxini ko‘tarish mumkin, degan qarorga keldi, – deb yozib qoldirdi Nobel Arustamyan.
Avvalroq Shomurodovga «Yuventus» qiziqayotgani haqida xabar tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter