Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov yana o‘zini ko‘rsatdi

Eldor Shomurodov yana o‘zini ko‘rsatdi

Italiya chempionatining 3-turida «Roma» o‘z maydonida «Sassuolo»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida Brayan Kristante «Roma»ning dastlabki golini urdi. 57-daqiqada Filip Jurichich hisobni tenglashtirdi.

Joze Mourino uchrashuvining 74-daqiqasida Eldor Shomurodovni zaxiradan maydonga tushirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda aynan Shomurodovning uzatmasidan keyin Stefan al Shaaravi rimliklarning g‘alaba to‘pini kiritdi.

«Roma» — «Sassuolo» 2:1

Gollar: 1:0 – 37 Kristante, 1:1 – 57 Jurichich, 2:1 – 90+1 ash-Shaaravi.

«Roma»: Ruy Patrisiu, Karsdorp (Reynolds, 89), Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan (ash-Shaaravi, 70), Veretu (Karles Peres, 74), Kristante, Pellegrini, Zaniolo (Shomurodov, 74), Abraham.

«Sassuolo»: Konsilyi, Tolyan, Kirikesh, Ferrari, Rojerio, Jurichich (Traore, 84), Lopes, Boga (Kiryakopulos, 89), Frattezi (Ayxan, 84), Berardi (Defrel, 77), Raspadori (Skamakka, 46).

Ogohlantirishlar: Kirikesh (36), Rojer (43), Kristante (66).

Shunday qilib, 3-turdan keyin «Roma» 9 ochko bilan turnirda peshqadamlik qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring