Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyada davom ettiradi

Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyada davom ettiradi

Foto: «Sport-Ekspress»

«Roma»ni tark etishi kutilayotgan Eldor Shomurodov yangi mavsumni Italiyada davom ettiradi, deb yozdi insayder hamda Sky Sports Italia jurnalisti Rudi Galetti.

Eldor Shomurodov «Bolonya»da faoliyatini davom ettiradi — xabarni klubdagi manbalar ham tasdiqladi. Katta ehtimol bilan Shomurodov sotib olish huquqi bilan yangi jamoaga ijara asosida o‘tadi.

Shomurodovga bundan tashqari, Italiyaning «Torino» va «Sassuolo» hamda Angliyaning «Vulverhempton» jamoalari qiziqish bildirayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring