Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuper O‘zbekiston MTJning dastlabki yig‘inini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Ektor Kuper O‘zbekiston MTJning dastlabki yig‘inini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Foto: «ufa.uz»

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper dastlabki ishni futbolchilarni ko‘zdan kechirishdan boshlash niyatida, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Shu maqsadda Ektor Kuper uchun 22-avgustdan 1-sentyabrga qadar Toshkentda o‘quv mashg‘ulot yig‘ini tashkil qilinadi. Yig‘in boshida asosan milliy chempionatimizda to‘p surayotgan futbolchilar ko‘zdan kechirilsa, sentyabrga yaqin xorijda to‘p surayotgan legioner futbolchilar ham yig‘inga kelib qo‘shilishadi.

Terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechirish va O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosini shakllantirish uchun Ektor Kuper va uning yordamchilari reja asosida ish olib borishadi.

Shuningdek, biroz avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston MTJ uchun Suriya, Shimoliy Koreya, Qatar kabi terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur o‘yinlar orqali Kuper va uning yordamchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibini shakllantirib borishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring