Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL. «Borussiya» «PSJ» ustidan g‘alaba qozondi

YChL. «Borussiya» «PSJ» ustidan g‘alaba qozondi

Foto: Championat.com

Yevropa Chempionlar ligasi yarimfinali ikkinchi juftligida Dortmundning «Borussiya» klubi «PSJ»ni qabul qildi.

Birinchi taymda Fyullkrug kiritgan gol yakunda dortmundliklarga g‘alaba keltirdi.

Javob o‘yini 7-may sanasida Parijda bo‘lib o‘tadi.

Birinchi yarimfinalning ilk o‘yinida «Bavariya» va «Real» o‘zaro to‘qnash kelib, jangovar durang qayd etilgandi — 2:2.

YChL. YARIMFINAL

Borussiya D — PSJ 1:0

1-may, «Signal Iduna Park»

Gol: Fyullkrug (36).

Borussiya D — Kobel, Ryuerson (Volf, 87), Hummels, Shlotterbek, Matsen, Zabitser, Jan, Brandt (Nmecha, 87), Sancho, Adeyemi (Roys, 83), Fyullkrug (Mukoko, 90).

PSJ — Donnarumma, Hakimi, Markinos, Ernandes (Lukas Beraldo, 42), Mendesh, Fabian Ruis, Vitinya, Zair-Emeri, Dembele, Barkolya (Kolo-Muani, 65), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Matsen (19), Ruis (53), Shlotterbek (73).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring