YChL: 5-tur arafasida jamoalarning imkoniyati qanday?
![YChL: 5-tur arafasida jamoalarning imkoniyati qanday?](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_2334253132.jpg)
Yevropa chempionlar ligasining bugun boshlanadigan 5-tur o‘yinlari ko‘p narsaga aniqlik kiritadi.
Xo‘sh, guruh bosqichidagi vazifani do‘ndirib qo‘yganlar, shuning harakatidagilar, Yevropa ligasini o‘ylay boshlaganlar va katta turnir bilan xayrlashayotganlar kimlar, jamoalarning holati qanday?
«Bavariya», «Bryugge», «Manchester Siti», «Napoli» va «Real Madrid»: 1/8 final yo‘llanmasi hal etilgan, bu turda ular uchun guruhdagi 1-o‘rin masalasi ham hal bo‘lishi mumkin.
«Benfika», «Borussiya», «Zalsburg», «Inter», «Leypsig», «Liverpul», «Olimpik», «PSJ», «Portu», «Sporting», «Tottenhem» va «Chelsi»: 5-turda bu jamoalar 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlari mumkin.
«Ayntraxt», «Atletiko», «Ayaks», «Bayer», «Barselona», «Dinamo» Zagreb, «Kopengagen», «Makkabi» Hayfa, «Milan», «Sevilya», «Sporting», «Shaxtyor» va «Yuventus»: 5-turda 1/8 finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lishlari mumkin, biroq ularda Yevropa ligasiga yo‘llanma uchun imkoniyat saqlanib qoladi.
«Viktoriya», «Reynjers» va «Seltik»: 1/8 finalga chiqish imkoniyati qolmagan, biroq 3-o‘rinni egallab Yevropa ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyati bor.
«Bayer», «Viktoriya», «Dinamo» Zagreb, «Kopengagen», «Milan», «Sevilya», «Seltik» va «Reynjers»: 5-turdan so‘ng guruhda so‘nggi o‘ringa tushib ketishi mumkin.
Guruhlardagi vaziyat
A guruhi
- «Napoli» — 1/8 finalda
- «Liverpul» — 1/8 finalga chiqishi uchun durang yoki g‘alaba kerak
- «Ayaks» — 1/8 finalga chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun 5-turda «Liverpul»ni mag‘lub etishi shart
- Glazgo «Reynjers» — imkoniyatlar tugagan
B guruhi
- «Bryugge» — 1/8 finalda
- «Portu» — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
- «Atletiko» Madrid — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
- «Bayer» Leverkuzen — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
C guruhi
- «Bavariya» — 1/8 finalda
- «Inter» — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
- «Barselona» — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
- «Viktoriya» Plzen — imkoniyatlar tugagan
D guruhi
- «Tottenhem» — 5-turda g‘alaba qozonsa 1/8 finalga chiqadi
- «Marsel» — 5-turda g‘alaba qozonsa 1/8 finalga chiqadi
- «Sporting» — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
- «Ayntraxt» Frankfurt — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
E guruhi
- «Chelsi» — 5-turda g‘alaba qozonsa 1/8 finalga chiqadi
- «Zalsburg» — 5-turda g‘alaba qozonsa 1/8 finalga chiqadi
- «Milan» — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
- «Dinamo» Zagreb — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
F guruhi
- «Real Madrid» — 1/8 finalda
- «Leypsig» — 5-turda g‘alaba qozonsa 1/8 finalga chiqadi
- «Shaxtyor» — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
- «Seltik» — imkoniyatlar tugagan
G guruhi
- «Manchester Siti» — 1/8 final
- «Borussiya» Dortmund — 5-turda g‘alaba qozonsa 1/8 finalga chiqadi
- «Sevilya» — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
- «Kopengagen» — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
H guruhi
- «PSJ» — 5-turda g‘alaba qozonsa 1/8 finalga chiqadi
- «Benfika» — 5-turda g‘alaba qozonsa 1/8 finalga chiqadi
- «Yuventus» — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
- «Makkabi» — 1/8 finalga chiqishi uchun 5 va 6-turlarda g‘alaba kerak
5-tur o‘yinlari (O‘zbekiston vaqti bilan berilgan)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter