DXX kubogi – 2023: musobaqaning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Butun respublika bo‘ylab 250 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlarni birlashtirgan, «Sog‘lom yoshlar – Yangi O‘zbekiston kelajagi» shiori ostida o‘tkazilgan futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogining respublika bosqichi yakuniga yetdi.
Unda o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. «Qamashi» /Qashqadaryo viloyati
2-o‘rin. «Yangi hayot» /Toshkent viloyati
3-o‘rin. «Baxrin» /Farg‘ona viloyati
Qiz bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. «Nafis» Samarqand viloyati
2-o‘rin. «To‘maris» /Xorazm viloyati
3-o‘rin. «Gurkirov lochinlari» /Andijon viloyati
O‘g‘il bolalar o‘rtasida katta futbol bo‘yicha final o‘yini «Jar» stadionida o‘tkazildi. Murosasiz va qizg‘in kechgan final oqshomida jizzaxliklarga teng keladigan jamoa topilmadi. Yakuniy hisob 2:0.
1-o‘rin. «Turon» /Jizzax viloyati
2-o‘rin. «Navbahor» /Toshkent viloyati
3-o‘rin. «Yangi hayot» /Qashqadaryo viloyati
Respublika bosqichida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga «Stritbol» (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.
Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari barcha g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga diplom, medal, velosiped va televizor topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter