Didye Drogba futboldagi faoliyatini yakunladi
![Didye Drogba futboldagi faoliyatini yakunladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/720_460_95_2195821747.jpg)
«Chelsi» va Kot-d’Ivuar terma jamoasi sobiq forvardi Didye Drogba o‘zining futboldagi faoliyatini rasman yakunladi. Faoliyati davomida futbolchi «Marsel», «Monreal» va «Galatasaroy» kabi klublarda ham to‘p surgan. 40 yoshli futbolchining so‘nggi jamoasi Amerikaning «Finiks Rayzing»i bo‘ldi.
Drogba to‘rt karra Angliya chempioni bo‘lgan, Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan va fransuz ligasining eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. Shuningdek, futbolchi Afrikaning eng yaxshi o‘yinchisi ham bo‘lgan.
Butun faoliyati davomida Didye 679 ta o‘yinda qatnashgan va 297ta gol urgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter