JCh-2018. Dramatik o‘yinda xorvatlar dramatik tarzda g‘alaba qozondi
JCh-2018 musobaqasi 1/8 finalidan o‘rin olgan Xorvatiya hamda Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Xorvatiya termasining qo‘li baland keldi. Daniya terma jamoasi o‘yinning ilk daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi, Matias Yorgensening yaqin masofadan bergan zarbasini Subashich qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p darvozadan joy oldi.
Biroq xorvatlar bu golga tezda javob qaytarishdi, raqib jarima maydoni ichidagi tartibsizlikdan unumli foydalangan Mario Manjukich muvozanatni tiklashga erishdi.
Uchrashuv yuqori tempda boshlandi va birinchi bo‘lim xuddi shu ko‘rinishda davom etdi. Ikkinchi bo‘lim esa birinchisiga nisbatan sokinroq ruhda o‘tdi va jamoalar ehtiyotkor o‘yin ko‘rsatishdi. Uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan tugadi va qo‘shimcha taymlar belgilandi.
To‘rtinchi bo‘limda xorvatiyaliklar hisobni ochishlari mumkin edi, biroq Luka Modrichning penaltidan bergan zarbasini Kasper Shmeyxel egallab oldi. Shu tariqa, barchasi penaltilar seriyasida aniqlandi.
Shu tariqa, xorvatlar penaltilar seriyasida g‘alabani qo‘lga kiritgan holda chorak finalga yo‘l oldilar va u yerda Rossiya bilan kuch sinashadilar.
JCh-2018, 1/8 final
Xorvatiya – Daniya 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0) (pen. 3:2)
Gollar: 0:1 – 1 Yorgensen, 1:1 – 4 Manjukich.
Xorvatiya: Subashich, Lovren, Strinich (Pivarich, 81), Vrsalko, Vida, Modrich, Rakitich, Perishich (Kramarich, 97), Brozovich (Kovachich, 71), Rebich, Manjukich (Badel, 108).
Daniya: Shmeyxel, Ker, Kristensen (Shene, 46), Knudsen, Yorgensen, Dileyni (Kron-Deli, 98), Eriksen, Dalsgor, Poulsen, Kornelius (Yorgensen, 66), Breytueyt (Sisto, 105).
Ogohlantirish: Yorgensen (115).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter