Diyor Imomxo‘jayev: «Murabbiy shogirdining yoshini kichraytirishdan manfaatdor»
Xabar berganimizdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev bolalar futbolidagi holat bilan bog‘liq ma’lumot berib o‘tdi.
— Bolalar futbolida muammo ancha katta. Eng yomoni – yoshni kichraytirish bilan bog‘liq. Biz bunga qarshi huquq tartibot organlari bilan birgalikda kurash olib borishni rejalashtiryapmiz, — dedi Diyor Imomxo‘jayev. — Bolalar futbolini rivojlantirish uchun Ispaniyadan, Serbiyadan mutaxassislar keldi. Biz yana boshqa futbol maktablarini ham o‘rgandik. Masalan, Belgiya. Hozir Yevropada Germaniya va Osiyoda Yaponiya yo‘li.
Bolalar futboli uchun FIFA tomonidan ishlab chiqilgan aniq tizim bor. Ya’ni, professional futbolchi klubini almashtirgan taqdirda, uni bolalikdan tarbiyalagan murabbiyga har safargi transferdan ulush bo‘ladi. Bizda bu tizim yillar davomida ishlamay kelmoqda. Maqsadimiz – bu tizimni o‘zbek futboliga ham tadbiq etish.
Hozir murabbiy shogirdining yoshini kichraytirib, biror musobaqada g‘olib chiqishdan manfaatdor. U professional futbolda qay darajada o‘ynab ketishi esa ikkinchi darajali. Agar FIFA tizimini yo‘lga qo‘ya olsak, murabbiy shogirdini yoshini kichraytirishdan emas, balki uni professional futbolchi qilib tarbiyalashni ko‘proq o‘ylaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter